Nurmatov A'zam Abdusamad o'g'li
Advokat
Faoliyatidagi asosiy yoʼnalishlaridan biri fuqarolar oʼrtasidagi oilaviy, mol-mulk va meros bilan bogʼliq masalalar, shuningdek, tadbirkorlar faoliyatidagi shartnomaviy-huquqiy masalalarda yuzaga keladigan nizolarni hal etish.

Ish tajribasi
Huquqiy sohada 15 yildan ortiq tajribaga ega. 2011 yildan 2018 yilgacha advokatura sohasida korportativ, fuqarolik hamda jinoyat huquqi yoʼnalishlarida advokat hamda advokatlik firmasining boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan. 2018 yildan 2022 yilga qadar esa davlat boshqaruvi, xususan hokimiyat tizimida yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult boʼlib ishlagan. Bundan tashqari sugʼurta sohasida daʼvolarni koʼrib chiqish sektorida ham ishlagan boʼlib, avtotransport vositalarini majburiy va ixtiyoriy sugʼurtalari bilan bogʼliq daʼvo ishlarini koʼrish tartibi hamda nizolarni hal qilish bilan bogʼliq qimmatli tajribaga ega.
2022 yilning fevralь oyidan hozirgi kunga qadar esa "LEGALTEAM"advokatlik byurosida advokat va bir vaqtning oʼzida direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Аdvokatlik litsenziyasi toʼrtta yoʼnalish boʼyicha, yaʼni fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini hamda maʼmuriy va jinoiy sud ishlarini yuritish yoʼnalishi boʼyicha olingan.
“LawTechCard” yuridik kompaniya bilan esa tadbirkorlik subʼektlari bilan bogʼliq, sugʼurta yoʼnalishidagi nizolar va huquqiy masalalar, shuningdek, fuqarolik huquqi yoʼnalishida oilaviy nizolar, aliment toʼlovi bilan bogʼliq nizolar, koʼchmas va koʼchar mulk, mol-mulkni boʼlish, meros masalalari bilan bogʼliq nizolarni hal qilishda hamkorlik qilib keladi.
Oʼz faoliyati davomida 300 dan ortiq sudlarda muvaffaqiyatli qatnashib, ishni oʼziga ishonch bildirgan shaxslar foydasiga hal qila olgan.

Mutaxassislik
Mutaxassislikning asosiy yoʼnalishlari: Tadbirkorlikni huquqiy qoʼllab-quvvatlash; Korporativ amaliyot: tashkil etish, ularni faoliyatini amalga oshirish, qayta tashkil etish va tugatish; Nizolarni hal qilish amaliyoti; Iqtisodiy sudlarda xoʼjalik yurituvchi subʼektlar manfaatlarini himoya qilish; Qarzni undirish; Mehnat huquqi amaliyoti; tekshirishlar jarayonida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jinoyat ishlari boʼyicha davlat organlarida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda manfaatlarini ifodalash; Oila bilan bogʼliq barcha nizolarni hal qilish; Mol-mulk va meros bilan bogʼliq nizolarni hal qilish; Maʼmuriy sud ishlarida fuqarolar hamda tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish.

Ish faoliyati yoʼnalishlari: fuqarolik nizolari, oilaviy masalalar, maʼmuriy ishlar, korporativ boshqaruv, koʼchar va koʼchmas mulk, axborot texnologiyalari,

Til bilishi: Rus va oʼzbek tillarida bemalol muloqot olib bora oladi.

Maʼlumoti
Аdvokat Nurmatov huquq yoʼnalishi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi MXX Institutida taʼlim olgan hamda 2005 yil mazkur institutni tamomlagan.

Аmaliyoti
Аdvokat Nurmatov 2005 yildan hozirga qadar huquqiy amaliyot olib boradi.
Республика Узбекистан, г. Ташкент.

(C) LAWTECHCARD 2023