Javob noto‘g‘ri. Masalan, qishloq xo‘jaligi sektorida biznesni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish uchun fermer xo‘jaliklariga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi. Garovsiz kredit olish uchun dehqonchilik uchun mo‘ljallangan yerni uzoq muddatga ijaraga olishingiz va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Maxsus dastur kichik biznes uchun mo‘ljallangan.
(Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari bo‘yicha yagona yelektron platforma orqali kreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 373-son Qarori). Maxsus dasturni bu yerda topishingiz mumkin:
https://oilakredit.uz/